18:37 / 19.08.2020
8388
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining maslahatchisi tayinlandi

Joldasbay Abdijamilov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz'ga Vazirlar Kengashining axborot xizmati ma'lum qildi.

Joldasbay Abdijamilov turli yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

U shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritayotgan edi.

Top