15:02 / 20.08.2020
12932

Artel kompaniyasining «Barakali xaridlar» aksiyasi bilan yoqimli sovg‘ani qo‘lga kiriting!

Tasavvur qiling, siz hozirgina maishiy texnika xarid qildingiz. Kayfiyatingiz a'lo. Uni yanada yaxshilash uchun nima zarur? Albatta yoqimli sovg‘a! Joriy yilning 20 avgust kuni Artel kompaniyasi «Barakali xaridlar» aksiyasini boshladi. Aksiya 2020 yil 20 avgustidan 20 sentyabrigacha davom etadi. Ushbu aksiyada har bir kishi ishtirok etishi va kafolatlangan sovg‘ani qo‘lga kiritishi mumkin.

Sovg‘a sertifikatlarini qo‘lga kiritish uchun nima qilish zarur?

Artel maishiy texnikasini xarid qilish zarur! Aksiya butun O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkaziladi. Shahringizdagi maishiy texnika sotiluvchi do‘konga yo‘l oling, Artel maishiy texnikasini xarid qiling va sotuvchidan sovg‘a sertifikati taqdim etiluvchi nuqta manzilini bilib oling. Sovg‘a sertifikatlari Korzinka, Makro va quyidagi supermarketlarda ishlatilishi mumkin:

1. Xorazm viloyati – TO’MARIS-NUR supermarketi;

2. Navoiy viloyati – YANGI HAYOT supermarketi;

3. Sirdaryo viloyati – FAYZ, 367, YANGIYER SHAHAR MARKET supermarketlari;

4. Surxondaryo viloyati – YUBILEYNIY supermarketi;

Sovg‘a sertifikatlari uch darajaga bo‘lingan. Xarid qilingan maishiy texnikadan kelib chiqqan holda, siz 100.000 so‘mlik, 150.000 so‘mlik yoki 200.000 so‘mlik sertifikatni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Aksiyada quyidagi maishiy texnikaning belgilangan modellari ishtirok etadi:

  • oshxona plitalari;
  • avtomat kir yuvish mashinalari;
  • televizorlar;
  • sovutgichlar.

Agarda ciz maishiy texnika xarid qilishni o‘ylab turgan bo‘lsangiz, hozir ayni vaqti. Artel kompaniyasining «Barakali xaridlar» aksiyasida ishtirok eting va yoqimli sovg‘aga ega bo‘ling!

Qo‘shimcha ma'lumotga sotuv nuqtalari yoki +99878 148-88-88 raqami orqali ega bo‘lishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top