18:02 / 20.08.2020
19223

Koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta'sirlari haqida ma'lumot berildi

Kamdan-kam holatlarda ko‘ngil aynishi, dispepsiya, ishtaha pasayishi, ba'zan esa regionar limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi.

Foto: RIA Novosti

Koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan so‘ng titroq, harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i hamda ko‘ngil aynishi, ishtaha pasayishi va allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Bu haqda "Gam-KOVID-Vak" vaksinasi yo‘riqnomasida ma'lum qilingan.

Unda qayd etilishicha, ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta'sirlar: uzoq davom etmaydigan titroq, tana harorati ko‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i, emlangan joyda og‘riq paydo bo‘lishi, giperemiya kabilardir.

Kamdan-kam holatlarda ko‘ngil aynishi, dispepsiya, ishtaha pasayishi, ba'zan esa regionar limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Ayrim insonlarda esa allergik reaksiya rivojlanishi ehtimoli mavjud, deyiladi yo‘riqnomada.

Vaksina N.F.Gamaleya nomidagi tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Markazdan tashqari, vaksinani “Binnofarm” farmatsevtika zavodi ishlab chiqaradi.

Vaksinaga 20ta davlat qiziqish bildirgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top