23:31 / 20.08.2020
101180
O‘zbekistonda kimlar gripp va pnevmoniyaga qarshi bepul emlanishi ma'lum qilindi

Sentabr oyidan O‘zbekiston aholisini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma'lum qilishlaricha, bu borada hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Epidemiolog Rustam Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi – hozircha reja. Taklif sifatida hukumatga taqdim etilgan.

«Hujjatda vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil etish ishlari ko‘zda tutilgan. Agar dastur kuchga kirsa, bu ishlarni sentyabrdan boshlash rejalashtirilgan», – dedi mutaxassis.

Ma'lum qilinishicha, 2019 yilda 21 mingdan ortiq kishiga grippga qarshi vaksinalar bepul, davlat budjeti hisobidan yetkazib berilgan, shuning hisobiga «Muruvvat» va «Saxovat» uylarida yashovchilar, mehribonlik va go‘daklar uylarining tarbiyalanuvchilari emlangan.

«Joriy 2020 yilda ham shu toifadagi aholiga vaksinalar davlat tomonidan yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Boshqa aholi vakillari o‘z hisobidan, tashkilot xodimlari o‘sha idora mablag‘laridan xususiy emlash markazlari orqali vaksina olishlari mumkin», – dedi epidemiolog Rustam Ikromov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top