17:20 / 20.08.2020
26799

Xitoyning yetakchi epidemiologi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga baho berdi

“Sputnik V” deb nomlangan ushbu vaksina N.F.Gamaleya nomidagi tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Vaksinaga 20ta davlat qiziqish bildirgan.

Foto: RIA Novosti

 Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaksinasiga yuqori baho berdi, deyiladi Rossiyaning Pekindagi elchixonasi bayonotida.

 "Chjun Nanshan Rossiyaning adenovirus vaksinasi xavfsiz ekanligini ta'kidladi va uning klinik tadqiqotlari muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid bildirdi", — deyiladi bayonotda.

Shifokor shuningdek, Moskvani 11 avgustda preparat ro‘yxatga  olingani bilan qutladi.

“Sputnik V” deb nomlangan ushbu vaksina N.F.Gamaleya nomidagi tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Markazdan tashqari, vaksinani “Binnofarm” farmatsevtika zavodi ishlab chiqaradi.

Vaksinaga 20ta davlat qiziqish bildirgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top