15:47 / 20.08.2020
5623

Yevropa mamlakatlarida koronavirus yuqtirish holatlari keskin o‘sgani kuzatilmoqda

Germaniyada o‘tgan sutka davomida 1,7 mingdan ortiq holat qayd etildi – bu apreldan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Foto: Reuters

YeIning aksariyat mamlakatlarida COVID-19 koronavirusini yuqtirish holatlari soni keskin o‘sgani qayd etilmoqda, deb xabar berdi Yevropa OAV.

 Xususan, 19 avgust kuni Ispaniyada 3 715ta yangi holat qayd etildi, bu iyun oxiridan buyon sutka davomida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Italiyada chorshanba kuni koronavirus infeksiyasi yuqtirish bilan bog‘liq 642ta holat qayd etildi, bu mamlakatda may oyi oxiridan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Germaniyada esa o‘tgan sutka davomida 1,7 mingdan ortiq holat qayd etildi – bu apreldan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Fransiyada har uchinchi shaharda odam gavjum joylarda niqob taqish majburiy etib belgilandi. Mamlakatda sutka davomida 3,8 mingta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top