08:19 / 21.08.2020
4614
O‘zbekistonda yana bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha poyezdlar qatnovi tiklanmoqda

Yo‘lovchilardan poyezdlarga chiqishda vokzal hududida hamda yo‘l davomida vagon ichida sanitariya gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi.

Joriy yil 20 avgustdan boshlab Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida, 21 avgustdan esa Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida «Sharq» yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2020 yil 25 avgustdan Termiz – Sariosiyo – Termiz hamda Navoiy – Yangi Zarafshon – Navoiy, 28 avgustdan esa Navoiy – Buzaubay – Navoiy yo‘nalishlarda shaharlararo poyezdlar qatnovi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Yo‘lovchilardan poyezdlarga chiqishda vokzal hududida hamda yo‘l davomida vagon ichida sanitariya gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi, deyiladi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabarida.

Top