19:14 / 21.08.2020
18093
Qozog‘istonning koronavirusga qarshi vaksinasi sinovi natijalari e'lon qilindi

Ma'lum qilinishicha, Qozog‘iston tomonidan ishlab chiqilgan vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti reyestriga kiritilgan.

Foto:elemens.envato.com

Qozog‘iston ta'lim vaziri Asxat Aymagambetov mamlakatda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaga baho berdi. Bu haqda Tengrinews.kz muxbiri xabar bermoqda.

 "Olimlarimiz o‘zlarini ko‘rsatishgani quvonarli. Biz hamkasblarimizning vaksina ishlab chiqish borasidagi ishlari bilan faxrlanamiz. Bizning vaksinamiz Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti reyestriga kiritildi", - dedi Asxat Aymagambetov.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning klinikaoldi sinovlari yaxshi natija ko‘rsatgan.

Avvalroq Qozog‘istonning koronavirusga qarshi vaksinasi muallifi, veterinariya fanlari doktori Lespek Kutumbetov vaksina sentyabrda odamlarda sinalishini ma'lum qilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top