23:30 / 21.08.2020
5863
Vaksina yaratilishi pandemiyaning darhol tugashiga olib kelmaydi - JSST 

Koronavirusga qarshi vaksina yaratilishi o‘z-o‘zicha pandemiyaning darhol to‘xtashiga olib kelmaydi. Bunday fikrni JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus bildirib o‘tdi.

“Vaksina hayotiy muhim vosita bo‘ladi va u bizda imkoni boricha tezroq paydo bo‘lishiga umid qilmoqdamiz”, deb aytgan Gebreyyesus. Shu bilan birga, JSST rahbarining fikricha, bunday vaksina paydo bo‘lishiga “kafolat” yo‘q. “Agar vaksinani olsak ham, u o‘z-o‘zicha pandemiya yakunlanishiga olib kelmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan JSST rahbari. 

Uning ta'kidlashicha, tibbiyotga koronavirusning oqibatlari haqida hali hamma narsa ma'lum emas. “Biz bu kasallik haqida ko‘p narsa bilgan bo‘lsak ham, bizda bu borada 8 oydan kamroq tajriba bor. Biz kasallikning uzoq muddatli oqibatlari haqida hali oz narsaga egamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Gebreyyesus.

JSST rahbari “barcha ushbu virusni mavjud vositalar bilan nazorat qilishi”, “kundalik turmushni yangi sharoitlarga aholining ushbu infeksiyadan himoyasi ta'minlanadigan qilib moslashtirish” kerakligini ta'kidlab o‘tgan. Gebreyyesusning aytishicha, o‘zini yakkalash ko‘p davlatlarga infeksiya tarqalishiga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatini berdi, biroq bu muammoning uzoq muddatli yechimi hisoblanmaydi. 

Gebreyyesus koronavirus pandemiyasi ikki yildan kamroq ichida tugatilishiga umid qilishini aytgan. 

“Bizning vaziyatda katta miqdorda texnologiyalar bor. Ko‘p aloqalar bo‘lganda virus tez tarqaladi, biroq bizda uni to‘xtatish uchun texnologiyalar mavjud. Bizda globallashuv va katta ko‘lamli o‘zaro aloqa ko‘rinishida kamchilik bor bo‘lsa, texnologiyalar ko‘rinishida ustunlik bor. Shu sababli biz ushbu pandemiyani ikki yildan kamroq vaqt ichida tugatishga umid qilmoqdamiz”, deb aytgan koronavirus infeksiyasi va 1918 yildagi “ispan grippi”ni taqqoslab JSST rahbari.

Top