13:00 / 22.08.2020
13253

«Allergiya fonida koronavirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkin» - shtab a'zosi

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Barno Abdusamatova ishtirokida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Getty Images

Brifingda aholi murojaati va savollari yuzasidan javob qaytarildi.

Murojaatlardan birida fuqaro oilaviy poliklinikadan birinchi yordam to‘plamlari koronavirus alomatlari bo‘lgan bemorlarga beriladimi yoki faqat test topshirib infeksiya aniqlanganlargami, deya so‘ragan.

«Koronavirus alomatlari bo‘lgan bemorlar gumon qilinganlar guruhiga kiradilar. Koronavirus tasdiqlangan va gumon qilinganlarga kasallikning yengil formasida uyda davolanish uchun bepul dori to‘plamlari poliklinika tomonidan beriladi», - dedi Barno Abdusamatova savolga javoban.

Brifingda tomog‘ida allergiyasi bo‘lgan, allergik yo‘tal bezovta qiladigan kishilar koronavirus yuqqanini qanday bilishi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berildi.

«Xazonrezgi mavsumining boshlanishi, havo harorati sovib borishi bilan ayrim kasalliklar yuzaga chiqadi. Bular orasida ayniqsa allergiya kasalligi ko‘pchilikni bezovta qiladi. Allergik yo‘tal uzoqroq davom etadi va mavsumiy bo‘ladi.

Koronavirus yo‘taldan tashqari o‘zining bir qator simptomlari bilan keladi, masalan: tana haroratini ko‘tarilishi, mushaklarda og‘riq, nafas qisishi, ta'm va hid bilishning yo‘qolishi va hokazolar. Agar yo‘talingiz shu belgilar bilan keladigan bo‘lsa hududiy poliklinikaga murojaat qiling. Chunki allergiya fonida keladigan koronavirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Sizda kasallik alomatlari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling», - dedi shtab a'zosi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top