20:34 / 22.08.2020
15089
Erdo‘g‘an Istanbuldagi Xora ibodatxonasini masjidga aylantirish to‘g‘risida topshiriq berdi

Ushbu qaror Ayo Sofiya ibodatxonasi masjidga aylantirilganidan bir oy o‘tgach qabul qilindi.

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi muzey maqomiga ega Xora ibodatxonasini masjidga aylantirish topshirig‘ini berdi. Bu haqda Yevropa ommaviy axborot vositalari yozmoqda.

Xora ibodatxonasi nomi bilan tanilgan Xaloskor Iso cherkovi Istanbuldagi dastlabki ko‘rinishini saqlab qolgan Vizantiya cherkovlaridan biri hisoblanadi. U 1948 yildan turistlar uchun ochiq bo‘lib, Kariye muzeyi deb ataladi.

Ushbu qaror Ayo Sofiya ibodatxonasi masjidga aylantirilganidan bir oy o‘tgach qabul qilindi.

10 iyul kuni Turkiya oliy ma'muriy sudi Ayo Sofiya ibodatxonasini muzeyga aylantirish to‘g‘risida 1934 yilda qabul qilingan qarorni bekor qilgandi.

Shundan so‘ng Erdo‘g‘an ibodatxonani masjidga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 24 iyul kuni Ayo Sofiyada ilk namoz o‘qildi.

Ayo Sofiya ibodatxonasiga Vizantiya imperatori Yustinian I tomonidan asos solingan va 537 yilda ochilgan.

Top