22:06 / 22.08.2020
18962

Lukashenko kuch ishlatish tuzilmalariga mamlakatda tartib o‘rnatish uchun ikki kun muhlat berdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kuch ishlatish tuzilmalariga mamlakatda tartibsizliklar uyushtirganlarni aniqlash va ikki kun ichida respublikadagi vaziyatni barqarorlashtirish vazifasini topshirdi.

Foto: EPA-EFE

"Shanba, yakshanba o‘ylash uchun vaqt. Dushanbadan xafa bo‘lish yo‘q. Hokimiyat hokimiyat bo‘lishi kerak", - ta'kidladi Belarus rahbari Grodnoda tarafdorlari oldida chiqish qilar ekan.

Lukashenko xususan, ichki ishlar vazirligi va Grodno oblasti bo‘yicha davlat xavfsizlik qo‘mitasiga "shanba va yakshanba davomida Grodno hamda oblastning boshqa shaharlarida ko‘chalarni tartibga solish"ni topshirdi.

"Barcha gijgijlovchilar va ig‘vogarlarni aniqlash kerak. Bizda ularning barchasining ro‘yxati bor", - dedi u.

Lukashenko hukumat askarlarni respublika chegaralarini himoya qilish o‘rniga shahar ko‘chalarida tutib turishga majbur bo‘layotganligidan taassufda ekanligini aytdi.

"Bugun qo‘shinlarimiz chegarada bo‘lishi kerak, biz bo‘lsak askarlarni xavfsizlik, tartibni ta'minlash uchun shahar ko‘chalari va maydonlarda ushlab turibmiz. Shu yaxshimi?" – dedi Belarus prezidenti.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top