21:15 / 22.08.2020
19694
Messini sotib olishga da'vogar klublar nomi ma'lum qilindi

Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen», Italiyaning «Yuventus» va «Inter» klublari katalonlar hujumchisini sotib olish istagida.

Foto: Getty Images

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messini sotib olishga da'vogar klublar nomi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Sun.

Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen», Italiyaning «Yuventus» va «Inter» klublari katalonlar hujumchisini sotib olish istagida. Qayd etilishicha, PSJ argentinalik futbolchi uchun yirik miqdordagi mablag‘ni taklif etishga qodir, Italiyada esa Messi Ispaniyadagiga qaraganda kamroq soliq to‘laydi va bu ham futbolchining tanloviga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

21 avgust kuni «Barselona» rahbariyati 33 yoshli Messini sotishi mumkinligi ma'lum qilindi. Shu bilan birga klub Messini olib qolishga harakat qilmoqda. Argentinalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2021 yil yozida tugaydi.

Messi klubdagi vaziyatdan anchadan buyon norozi. Jamoa bu yilgi mavsumda sovrinsiz qoldi.

Top