02:03 / 22.08.2020
15598

«Sevilya» jangovar finalda «Inter»ni mag‘lub etib, 6-bor Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldi

Foto: Twitter/EuropaLeague

Yevropa Ligasi finalida «Sevilya» va «Inter» klublari to‘qnash kelishdi. Jangovar va shiddatli tarzda o‘tgan bahsda De Yongning bosh bilan kiritgan to‘plari va Diyego Karlosning supergoli  andalusiyaliklarga g‘alaba keltirdi. «Neradzurri»ning gollariga Romelu Lukaku va Diyego Godin mualliflik qilishdi.

Shu tariqa «Sevilya» o‘z tarixida 6-bor Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldi. 

Yevropa Ligasi, final

Sevilya – Inter 3:2
21 avgust, «ReynEnergiShtadion»

Gollar: De Yong (12, 33), Karlos (74) – Lukaku (5, penalti), Godin (35).

Sevilya – Bono, Diyego Karlos (Gudel, 86), Kunde, Navas, Regilon, Fernando, Jordan, Okampos (Munir, 71), Banega, Suso (Vaskes, 78), de Yong (En-Nesiri, 85).

Inter – Handanovich, Yang, de Vrey, Bastoni, D`Ambrozio (Mozes, 78), Brozovich, Galyardini (Eriksen, 78), Barella, Godin (Kandreva, 90), Martines (Sanches, 78), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Diyego Karlos (4), Barella (41), Banega (45), Bastoni (55), Galyardini (73).

Mavzuga oid
Top