21:43 / 22.08.2020
46551
Toshkent shahar IIBB tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Podpolkovnik Rahmatov Doniyor Baxtiyorovich Yashnobod tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Doniyor Rahmatov 1980 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2002 yilda Toshkent shahar IIBB O‘quv markazini tamomlab, Uchtepa tumani IIB profilaktika inspektori lavozimidan boshlagan. 2006 yildan 2018 yilga qadar Shayxontohur tumani IIO FMBda profilaktika inspektori, profilaktika katta inspektori, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i v.b., huquqbuzarliklar profilaktikasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2018 yildan 2020 yilga qadar Yunusobod tumani IIO FMBda rahbarlik lavozimlarida xizmat olib borgan.

Podpolkovnik Sobirova Shoira Salohiddinovna Chilonzor tumani IIO FMB 1-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi («Qatortol», «1-Qatortol», «Lutfiy», «Oq tepa», «Nafosat», «Bog‘zor» mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib mayor Solijonov Shuhrat Rahmatullayevich tayinlandi («Chimyon», «Sultoniya», «Gulsanam», «Katta Qorasuv», «Sho‘rtepa», «Shukur Burxanov», «Alisher Navoiy » mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Podpolkovnik Rustamov Botir Qahramonovich Mirobod tumani IIO FMB 3-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i («Inoqobod», «Navro‘z», «Tong yulduzi», «Baynalminal», «Istiqlolobod», «Mirobod», «Yangi Mirobod», «Temiryo‘lchilar», «Zaminobod», «Birodarlik» mahalla fuqarolar yig‘inlari) etib tayinlandi.

Yashnobod tumani IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Fayzullayev Sherzod Erkinovich tayinlandi («Navro‘zobod», «Birlashgan», «Parvoz», «Dilbog‘», «Iltifot», «Nodira», «Shohmardon», «Shohsanam», «Yanginur», «Oydinko‘l», «Donishmand» mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Podpolkovnik Muhammadiyev Otabek Rustamovich Yashnobod tumani IIO FMB 5-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi («Uysozlar», «O‘rta masjid», «Yangiqo‘rg‘on», «Behizor», «Tarnovboshi», «Katta Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Yashnobod tumani IIO FMB 6-sonli ichki ishlar bo‘limiga podpolkovnik Haqnazarov Bahodir Baxtiyarovich boshliq etib tayinlandi («Qo‘yliqobod», «Yangi davr», «Bunyodkor», «Katta qo‘yliq», «Mumtoz», «Iqbol» mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Top