18:48 / 22.08.2020
19196
Trampni qayta saylash kampaniyasiga rekord miqdordagi mablag‘ sarflandi – OAV

Qayd etilishicha, Donald Tramp qayta saylanish bo‘yicha kampaniya uchun pul yig‘ish va sarflashni prezidentlik lavozimini egallashi bilanoq boshlagan.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtabi, Respublikachilar partiyasi va ular bilan bog‘liq yana ikki qo‘mita amaldagi davlat rahbarini qayta saylash uchun 2017 yildan buyon 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. Bu haqda The Washington Post gazetasi yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Tramp qayta saylanish bo‘yicha kampaniya uchun pul yig‘ish va sarflashni prezidentlik lavozimini egallashi bilanoq boshlagan. Saylovoldi kampaniyasi uchun 1 mlrd dollar mablag‘ sarflangani rekord summa hisoblanadi.

Tramp iyulda kampaniya uchun 165 mln dollar yig‘a olgan, demokratlardan AQSh prezidentligiga nomzod Jozef Bayden esa 140 mln dollar to‘plagan. Avgust oyida amaldagi prezident o‘z kampaniyasini yuritish uchun 300 mln dollarga, uning raqibi esa 294 mln dollarga ega bo‘lgan.

Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi avgustda partiya xarajatlari uchun 55,3 mln dollar yig‘a olgan, demokratlar esa 16,3 mln dollar yig‘ishgan.

AQShda prezident saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Top