23:29 / 23.08.2020
35323
Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 400dan ortiq yangi holat aniqlandi va 400dan ortiq bemor sog‘aydi

O‘zbekistonda 23 avgust kuni 414ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 39 mingga yaqinlashdi. Bugun shuningdek, 411 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 23 avgust kuni mamlakatimizda 414 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun respublikaning 5 hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlandi va jami holatlar soni 38 ming 946taga yetdi. 

Qatorasiga uchinchi kun kunlik o‘sish 500dan past bo‘lmoqda.

Yangi holatlar (+414)

  • Toshkent shahrida 250 holat;
  • Toshkent viloyatida 119 holat;
  • Samarqand viloyatida 36 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 7 holat;
  • Andijon viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+411)
Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Toshkent, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 411 nafar bemor sog‘aydi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 34 ming 987 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 228 nafar;
  • Toshkent viloyatida 121 nafar;
  • Samarqand viloyatida 47 nafar;
  • Andijon viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida ham 5 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 3 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar.

O‘lim holatlari (+6)
Bugun yana olti o‘lim holati qayd etildi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 273taga yetdi.

  • Farg‘ona viloyati Furqat tumanida yashagan 74 yoshli N.A. (erkak);
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak) (uning o‘limi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasasida qayd etilgan);
  • Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 46 yoshli B.A. (erkak);
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 41 yoshli Sh.D. (erkak);
  • Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 71 yoshli V.V. (ayol);
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli B.R. (erkak).

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 686 nafar bemor davolanmoqda, shundan 249 nafari og‘ir, 129 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top