10:24 / 23.08.2020
1665
«Milliy bank»ka Fitch Ratings tomonidan «BB-» reytingi taqdim etildi
Foto : KUN.UZ

Dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri — Fitch Ratings 2020 yilning 19 avgustida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJga kredit reytinglarini taqdim etdi. «Milliy bank» shuningdek yana «Barqaror» prognozi ostida «BB-» uzoq muddatli reytingga ham munosib ko‘rilgan.

Agentlik mutaxassislari O‘zbekistondagi eng yirik bank bo‘lgan «Milliy bank»ning tizimli ahamiyati, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, strategik roli va uzoq muddatli infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishdagi ahamiyatini ta'kidlamoqdalar. Shu bilan birga mamlakatdagi rivojlanish loyihalari, kuchli mijozlar bazasi, aktivlarning sifati va kapitallashuv jarayoni ham e'tirof etilgan.

Nufuzli agentlik tomonidan «Milliy bank»ka reyting berilishi bankning puxta tanlangan rivojlanish strategiyasi, yetakchilik sifati va barqaror pozitsiyasini saqlab qola olishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi qat'iy pozitsiyasi, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda va shuningdek iqtisodiyotning strategik muhim sohalariga, xususan, davlat ahamiyatiga molik sohalarda bank xizmatlarini ko‘rsata olish qobiliyatini tasdiqlaydi.

Ma'lumot uchun: Fitch Ratings — Moody’s va Standard & Poors qatorida uchta yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan biridir. Agentlik 1913 yilda tashkil topgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Nyu-York shtatida (AQSh) joylashgan.

«O‘zmilliybank» AJ Matbuot xizmati

Top