21:08 / 23.08.2020
25063

OAV: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi boshliq tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga Kudryashev Yegor Alekseyevich  boshliq etib tayinlandi.

Kar24.uz saytining o‘z manbasiga tayanib, tarqatgan xabariga ko‘ra, Yegor Kudryashev 21 avgust kuni lavozimga tayinlangan. 

Yegor Alekseyevich 2008 yili prezident farmoni bilan  «Do‘stlik»  medali bilan taqdirlangan. 

Bundan avval, Joldasbay Abdijamilov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangani xabar berilgandi.

Top