11:45 / 23.08.2020
36144
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, davlat va jamoat arbobi Karim Kamolov xotirasiga bag‘ishlangan ta'ziya marosimlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.

22 avgust kuni Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 66 yoshida olamdan o‘tgani xabar qilingandi. Unda 25 iyul kuni koronavirus aniqlangan, u 29 iyuldan buyon Toshkentdagi klinikada davolanayotgan edi.

31 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari Musa Tajyetdinovich Yerniyazov olamdan o‘tgani haqida ma'lumot berilgandi.

Top