11:27 / 24.08.2020
34624
Ikkinchi mutaxassislikka sirtqi ta'lim shaklida o‘qish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar e'lon qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi sirtqi shaklda ikkinchi oliy ta'lim olish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ikkinchitalim.edu.uz veb-platformasi orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun oxirgi muddat sifatida 31 avgust kuni belgilangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, filologiya va tillarni o‘qitish, xorijiy til va adabiyoti, ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda), tarjima nazariyasi va amaliyoti, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati kabi yo‘nalishlarda ikkinchi oliy ta'lim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. 

Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top