11:51 / 24.08.2020
25987
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 25 avgust kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 16,16 so‘mga ko‘tarilib, bir dollar 10262,87 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 28,07 so‘mga tushib, 12105,06 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 3,34 so‘mga arzonlagan va 1 rubl 137,31 so‘mni tashkil etgan.

Top