13:34 / 25.08.2020
1666
7 oyda 3,5 mingdan ortiq xotin-qizlarga himoya orderlari berildi - Vazirlik

Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida tayziq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 3592 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3-sonli qaroriga ko‘ra, keltirib o‘tilgan quyidagi holatlar himoya orderini berish uchun asos hisoblanadi:

  • tazyiq va zo‘ravonlik qurbonining murojaati;
  • jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar;
  • tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
  • davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar.

Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida mamlakat bo‘yicha jami 3 ming 592 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan:

  • Qoraqolpog‘iston Respublikasi -119 nafar;
  • Andijon viloyati - 196 nafar;
  • Buxoro viloyati - 319 nafar;
  • Jizzax viloyati - 116 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati - 403 nafar;
  • Navoiy viloyati -178 nafar;
  • Namangan viloyati - 160 Nafar;
  • Samarqand viloyati - 201 nafar;
  • Sirdaryo viloyati - 110 nafar;
  • Surxondaryo viloyati - 121 nafar;
  • Toshkent viloyati - 355 nafar;
  • Xorazm viloyati -193 nafar;
  • Farg‘ona viloyati - 313 nafar;
  • Toshkent shahar - 808 nafar.
Top