11:56 / 25.08.2020
7935
FVV sel xavfi haqida ogohlantirdi 

2020 yilning 26-27 avgust kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Foto : KUN.UZ /arxiv

Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel xavfi haqida ogohlantirish berdi.
 
Qayd etilishicha, 2020 yilning 26-27 avgust kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga!

Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top