17:21 / 25.08.2020
24262

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar bor

YTH yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Joriy yilning 25 avgust kuni soat 14:32larda Jizzax viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 “Termiz-Toshkent” avtomobil yo‘lining 965-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.R. ZHONGTONG BUS LCK6127HGN rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk avtomashinasining chap yon tomoniga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, ISUZU rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida ag‘darilgan. 

Ag‘darilish natijasida, ushbu avtomashina haydovchisi, 41 yoshli X.A. va avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi 17 yoshli A.N. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top