08:42 / 25.08.2020
5717
Qoraqalpog‘istonda 14 nafar qimorboz ushlandi

Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan qimor o‘ynayotganlar aniqlandi.

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 23-avgust kuni soat 21:00larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan "Tozalash-antiterror" tezkor tadbirlari o‘tkazilgan.

Qoraqalpog‘iston IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirlar davomida Chimboy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.T. o‘z uyida 13 nafar fuqaro bilan qimor karta o‘ynayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib voqea joyidan 18.292.000 so‘m va 150 AQSh dollari hamda 6 qutida o‘yin kartalari ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top