10:52 / 25.08.2020
33846
Texnikumlarga qabul boshlandi

Texnikumlarga bugun, 25 avgust kuni 14:00dan boshlab onlayn ariza topshirish mumkin bo‘ladi.

Oliy va o‘rta maxsus vazirligining xabar berishicha, texnikumlarga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza topshirish platformasi - texnikum.edu.uz  bugun, 25 avgust kuni soat 14:00dan boshlab ishga tushiriladi.

Texnikumlarga elektron platforma orqali quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

  • elektron ariza;
  • umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
  • 3x4 fotosurat.

Ma'lumot uchun: 185ta texnikumga 9199 nafar o‘quvchi davlat buyurtmasi bo‘yicha (grant asosida) qabul qilinishi belgilangan.

Texnikumlarga kamida umumiy o‘rta ma'lumotga ega shaxslar o‘qishga qabul qilinadi, o‘qish ta'lim yo‘nalishining murakkabligidan kelib chiqqan holda kamida 2 yil davom etadi.

Ta'lim kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarda, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Texnikum bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top