08:03 / 25.08.2020
3402
Toshkentga kirmoqchi bo‘lgan «Lasetti» ichidan 1050ta «Tropikamid» flakoni topildi

Toshkent shahar IIBB xodimlari “Lasetti” rusumli avtomobil ichidan mingdan ortik “Tropikamid” flakonlarini topishdi.

Joriy yilning 20 avgust kuni “Bektemir” YPX postida YPX, PPX va kinologiya xizmati xodimlari tomonidan 33 yoshli namanganlik G‘.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobil to‘xtatildi. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, tekshiruv davomida avtomobil yukxonasidan 1050 ta “Tropikamid” flakonlari topildi. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi (“Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top