17:35 / 25.08.2020
3171
Yunusobod tumani orqali harakatlanuvchi 17ta avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritildi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 2020 yil 23 avgustdan 1 sentyabrgacha qadar, ushbu oraliqda avtotransport vositalarining harakati cheklandi

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Ahmad Donish ko‘chasi va Ahmad Donish - Yangi shahar, Ahmad Donish - Yunusota ko‘chalari kesishgan chorrahalar orqali harakatlanuvchi 17 ta avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi. 

Unga ko‘ra:

5-sonli yo‘nalish harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan Yunusota ko‘chasi, Xo‘rozcha (Petushok) bekati, Yunusota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch Qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh, A.Donish ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;

25-sonli yo‘nalishning Yunusobod 9-dahasi tomon harakati Yangi shahar ko‘chasidan, O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh, Rixsiliy ko‘chalari orqali, ToshGRES qo‘rg‘oni tomon harakati Rixsiliy ko‘chasidan Amir Temur shoh, O‘lkaobod, O‘lkaobod 3-tor, Yangi shahar ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;

60-sonli yo‘nalish harakati Oqtepa ko‘chasidan Yunusota ko‘chasi, Xo‘rozcha (Petushok) bekati, Yunusota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch Qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
      
72-sonli yo‘nalish harakati Yunusobod 12-dahasi bekatidan A.Donish, THAY ko‘chalari, Uch Qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shohko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;

82-sonli yo‘nalishning Ibn Sino 2-mavzesi tomon harakati Yunusota ko‘chasi, Xo‘rozcha (Petushok) bekati, Yunusota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch Qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh, A.Donish ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda, Yunusobod 17-dahasi tomon harakati A.Donish ko‘chasidan Yunusobod bozori bekati, A.Temur, Chinobod, Yangi shahar, Yangi Yunusobod ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;

83-sonli yo‘nalishning Yunusobod 6-dahasi tomon harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan Yangi shahar, Chinobod, Amir Temur ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;

91-sonli yo‘nalish harakati N.Ibragimov ko‘chasidan Yunusota ko‘chasi, Xo‘rozcha (Petushok) bekati, Yunusota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch Qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shohko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;

95-sonli yo‘nalish harakati N.Ibragimov ko‘chasidan Yunusota, Yangi Yunusobod, Yangi shahar, Chinobod, Amir Temur shoh ko‘chalari, Yunusobod bozori, Amir Temur shoh, Osiyo ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;

96-sonli yo‘nalishning Yunusobod 9-dahasi tomon harakati Dehqonobod ko‘chasidan Yunusota ko‘chasi, Xo‘rozcha (Petushok) bekati, Yunusota, Yangi Yunusobod, O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh ko‘chalari orqali, Istiqlol ko‘chasi tomon harakati Rixsiliy ko‘chasidan Amir Temur shoh, Chinobod, Yangi shahar, Yangi Yunusobod, Yunusota ko‘chalari, Xo‘rozcha (Petushok) bekati, Yunusota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;
       
119-sonli yo‘nalish harakati Yangi shahar ko‘chasi orqali 5-bolalar shifoxonasi bekatida qisqartirildi;
      
140-sonli yo‘nalish harakati Yunusobod 12-dahasi bekatidan A.Donish, THAY ko‘chalari, Uch Qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shohko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;

149-sonli yo‘nalish harakati THAYdan Uch Qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shohko‘chasi, Yunusobod bozori, Amir Temur shoh, Rixsiliy ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;

198-sonli yo‘nalishning 7-shahar shifoxonasi tomon harakati Yangi shahar ko‘chasidan, O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh (Yunusobod bozorigacha harakatlanmagan holda), Shahriston ko‘chalari orqali, Jismoniy tarbiya instituti tomon harakati Shahriston, Amir Temur shoh, O‘lkaobod, O‘lkaobod 3-tor, Yangi shahar ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;

Xususiy korxonalarga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha:

36-sonli yo‘nalishning Zenit zavodi tomon harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh, Rixsiliy ko‘chalari orqali, TTZ mavzesi tomon harakati Rixsiliy, Amir Temur shoh, O‘lkaobod, O‘lkaobod 3-tor, Yangi Yunusobod ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;

52-sonli yo‘nalish harakati ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi xususiy korxonaning tashabbusi bilan, texnik-iqtisodiy sharoitlar tufayli vaqtinchalik to‘xtatildi.

152-sonli yo‘nalishning Yunusobod 19-dahasi tomon harakati Bog‘ishamol, Amir Temur shoh (Yunusobod bozorigacha harakatlanmagan holda), O‘lkaobod, O‘lkaobod 3-tor, Yangi Yunusobod ko‘chalari orqali, Yangiobod mavzesi tomon harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan, O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh ko‘chalari, Yunusobod bozori, Amir Temur shoh, Bog‘ishamol ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;

190-sonli yo‘nalishning Yunusobod 19-dahasi tomon harakati Amir Temur shoh ko‘chasi, Uch Qahramon aylanma yo‘li, THAY, Yangi Yunusobod ko‘chalari orqali, Saodat savdo markazi tomon harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan Yunusota ko‘chasi, Xo‘rozcha (Petushok) bekati, Yunusota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch Qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi.

Mazkur yo‘nalishlar harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida, yo‘nalishlardagi qatnov vaqtlarining va avtobuslar orasidagi oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin. 

Shuningdek, O‘lkaobod va Chinobod ko‘chalarida kunning turli vaqtlarida turli miqdordagi avtotransport tirbandliklari yuzaga kelayotganligini inobatga olib, yo‘lovchilar tashishdagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, ushbu ko‘chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari harakatiga qisman o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin, deyiladi ma'lumotda.

Top