10:05 / 25.08.2020
4102
Yunusobodda ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi

Ayrim manzillarda suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Joriy yilning 24 avgust kunidan 25 avgust kuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani 10-mavzeda 800 mm. diametrdagi ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, buning natijasida ayrim manzilgohlarda suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ular:

- Tiklanish ko‘chasi;
- Gulyor ko‘chasi;
- Tiklanish 1, 2, 3, 4, 5 va 6-tor ko‘chalari.

Hozirda avariyani bartaraf etish ishlari tashkil qilingan. Soat 17:00da ishlar tugatiladi va ichimlik suvi ta'minoti tiklanadi.

Mazkur ko‘chalarga ichimlik suvi tashuvchi avtosisternalarda suv yetkazib beriladi. Murojaat uchun: 71 252-60-08, 71 252-55-78 

Noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Top