14:47 / 26.08.2020
3826
AQSh o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalar ishlab chiqarmoqchi

Maykl Pompeo shuningdek, Pekin hukumatini koronavirus tarqalishining oldini olishda yetarlicha chora ko‘rmaganlikda aybladi.

Foto: Reuters

Qo‘shma Shtatlar o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalar ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ma'lum qildi.

"Bugun prezident Tramp sharofati bilan NATO kuchaydi, Ukraina mudofaa qurollari tizimiga ega, Amerika esa Rossiya tajovuzini to‘xtatib turish uchun raketalar yarata olish maqsadida zararli shartnomadan chiqib ketdi", - dedi Pompeo.

U bundan tashqari, yana bir bor Xitoyni tanqid qildi. Pompeo Pekin hukumatini koronavirus tarqalishining oldini olishda yetarlicha chora ko‘rmaganlikda aybladi.

"Tramp Xitoyni virusni yashirganligi, o‘lim va Amerika hamda butun dunyoda iqtisodiy buzg‘unchilik tarqatgani uchun javobgarlikka tortdi. U adolat g‘alaba qozonmagunicha to‘xtamaydi", - dedi AQSh davlat kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington "Amerikadagi o‘zini diplomatlar deb ko‘rsatadigan Xitoy kommunistik partiyasining josuslari qamoqqa tashlanishi yoki o‘z mamlakatlariga jo‘natib yuborilishiga" erishadi.

Top