15:15 / 26.08.2020
26279

Dunyoning eng boy odami tarixiy rekordga erishdi

Ekspertlar Jyeff Bezos 2026 yilga kelib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin deb hisoblamoqda.

Foto: Reuters

 Dunyoning eng badavlat insoni, Amazon rahbari Jyeff Bezos rekord o‘rnatdi, uning boyligi 200 milliard dollarga yetdi. U bu ko‘rsatkichga erishgan tarixdagi birinchi insonga aylandi.

 Rekord 25 avgust kungi savdolar davomida o‘rnatildi. Ammo savdolar yopilgan vaqtda uning boyligi 199,7 milliard dollarga qaytdi. Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Amazon aksiyalari narxi 55 foizdan ortiqroqqa qimmatlashdi, kompaniya asoschisining boyligi esa bir yil ichida 86 milliard dollarga ko‘paydi.

 Bezos avgustda qiymati 3,1 milliard dollarlik bir milliontaga yaqin aksiyasini sotgandi. Ekspertlar tadbirkor 2026 yilga kelib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin deb hisoblamoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika pochta xizmatining zarar ko‘rishida Amazon kompaniyasini ayblagandi va internet-do‘konlar uchun yetkazib berish xizmati tariflarini oshirishni taklif qilgandi.

Mavzuga oid
Top