14:38 / 26.08.2020
5132

Organizmdagi o‘lik viruslar ham testda musbat natijani ko‘rsatishi mumkin – shtab a'zosi

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Barno Abdusamatova ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.

Foto: kubannews

Xususan, murojaatlardan birida fuqaro ikki oy avval koronavirusni boshdan kechirgani, uyda davolangani, hozir o‘zini yaxshi his qilayotgani, lekin PZR test natijasi har gal musbat chiqayotganini aytib, menda virus yana qaytalandimi yoki tuzalmadimmi, deya so‘ragan.

«Agar shifokoringiz sizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tuzalganingizni aytgan bo‘lsa, demak odamlar uchun bezararsiz va qayta kasallanmagansiz. Odatda PZR tahlil musbat chiqadigan bo‘lsa, bu bemor viruslarni tashqariga chiqarishi bilan atrofdagilarga xavfli hisoblanadi.

Lekin sizda kasallik 2 oy oldin boshlangan va so‘zingizga ko‘ra, uyda shifokor nazoratida davolangansiz, demak sizda kasallikni og‘ir turi bo‘lmagan. Zararlangan to‘qimalardan nafaqat tirik va faol viruslar, balki o‘lgan hujayralardan o‘lik viruslar ham tashqariga chiqishi kuzatiladi.

PZR testi esa — viruslarning chiqishini ko‘rsatgani sababli o‘lik viruslar ham bu davrda test natijalarini musbat ko‘rsatishi mumkin. Lekin ushbu davrda bemor atrofdagilarga bezarar bo‘ladi», - dedi Barno Abdusamatova.

U tirik yoki o‘lik viruslar chiqqanini qanday aniqlash haqida ham ma'lumot berdi.

«Buni kasallik muddatiga ko‘ra aniqlaymiz. Ya'ni, kasallikning yengil va o‘rta kechishida kasallik boshlanganidan 10 kundan keyin, og‘ir turida esa 20 kundan keyin u atrofdagilar uchun bezarardir.

Shuning uchun tavsiya asosida davolanib, o‘zini yengil his qila boshlasa, takror va takror testdan o‘tish shart emas», - dedi shtab a'zosi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top