18:05 / 26.08.2020
10887

O‘zbekiston milliy jamoasidan chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi

O‘zbekiston milliy jamoasi 30 avgustdan 4 sentyabrga qadar Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib boradi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.

Foto : KUN.UZ

Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga mahalliy klublardan 26 nafar futbolchini chaqirdi

FIFA sentyabr oyidagi FIFA kunlarini 2022 yil yanvar oyiga ko‘chirganligi, pandemiya sharoitida parvozlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va boshqa cheklovlar sabab xorijiy chempionatlarda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar ushbu yig‘inga jalb etilmadi. 

Yig‘in doirasida milliy jamoamiz Tojikiston vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 3 sentyabr kuni “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Milliy jamoaga eng ko‘p futbolchi «Bunyodkor» klubidan taklif etilgan – 6 nafar. «Nasaf»dan 5, «Paxtakor» va  «Qo‘qon-1912»dan 4 nafardan futbolchi chaqirilgan.

Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:
Eldor Suyunov (Paxtakor)
Botirali Ergashev (Qo‘qon-1912)
Abduvohid Ne'matov (Nasaf)

Himoyachilar:
Husniddin Aliqulov (Nasaf)
Anzur Ismoilov (Paxtakor)
Igor Golban (Navbahor)
Islomjon Qobilov (Bunyodkor)
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Bunyodkor)
Hojiakbar Alijonov (Paxtakor)
Murod Xolmuhammedov (Qo‘qon-1912)
Sanjar Qodirqulov (Bunyodkor)

Yarimhimoyachilar:
Nurullo To‘xtasinov (Bunyodkor)
Lutfulla To‘rayev (Bunyodkor)
Abrorbek Ismoilov (Paxtakor)
Azizbek Turg‘unboyev (Navbahor)
Farrux Ikromov (Bunyodkor)
Hojimat Erkinov (OKMK)
Iskandar Shayqulov (So‘g‘diyona)
Oybek Bozorov (Nasaf)
Akmal Mozgovoy (Nasaf)
Quvondiq Ro‘ziyev (Qo‘qon-1912)
Suhrob Berdiyev (Qo‘qon-1912)
Husniddin G‘ofurov (Surxon)

Hujumchilar:
Bobir Abduxoliqov (Nasaf)
Shahzodbek Ubaydullayev (Metallurg)
Temurxo‘ja Abduxoliqov (Lokomotiv).

Top