08:25 / 26.08.2020
4520
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshid Karimov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.

O‘zbekiston mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i lavozimiga polkovnik Jamshid Karimov tayinlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga ko‘ra, polkovnik Jamshid Karimov 2017 yilning noyabr oyidan hozirgacha Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.

Jamshid Karimov 2001 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirgi Qurolli Kuchlar akademiyasi)ni, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini, 2019 yilda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi harbiy Akademiyasi qoshidagi malaka oshirish kursini tamomlagan.

Top