18:27 / 26.08.2020
8918

Tixanovskaya Yevroittifoq mamlakatlaridan yordam so‘ramaganini aytdi

Tixanovskaya Moskva bilan munosabatlar haqidagi savolga javob berar ekan, "hali buning vaqti kelmaganini" bildirdi.

Foto: EPA

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevroittifoq mamlakatlariga yordam so‘rab murojaat qilmagan. U bu haqda Le Monde gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

"Biz kutishimiz mumkin bo‘lgan barcha qo‘llab-quvvatlashlarga erishdik, bu biz uchun muhim edi. Ammo biz xorijlik do‘stlarimizdan hech narsa so‘ramaymiz. Ichki muammolarimizni o‘zimiz hal qilishimiz kerak", dedi u.

"Har bir mamlakat nima qilishi kerakligini o‘zi biladi va o‘z harakatlarini o‘zi belgilaydi", - deb qo‘shib qo‘ydi Tixanovskaya.

U Moskva bilan munosabatlar haqidagi savolga javob berar ekan, "hali buning vaqti kelmaganini" aytdi.

"Agarda Rossiya bizning kurashimizni qo‘llab-quvvatlasa zo‘r bo‘lardi, ammo boshqalar singari ulardan ham suverenitetimizni hurmat qilishlarini so‘ragan bo‘lardi", - dedi u.

 Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, "Belarusdagi voqealar mutlaqo ichki ish hisoblanadi".

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top