16:32 / 27.08.2020
39807

Akrom Malik ozodlikka chiqdi

27 avgust kuni Akrom Malik ozodlikka chiqdi. Bu haqda Kun.uz’ga uning oila a'zolari xabar berishdi.

O‘zbek jamoatchiligi Akrom Malikni navoiyshunos tadqiqotchi, shuningdek, yozuvchi va shoir sifatida taniydi. U 2016 yil iyul oyida MXX tomonidan qamoqqa olingan, keyinchalik sud tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (“Konstitutsion tuzumga tajovuz”) hamda 244-moddasi (“Jamoat xavfsizligiga tahdid”) bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Uning Abdulloh Nusrat taxallusi ostida yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholangan.

U O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh mahkumlar qatorida afv etilgan.

Kun.uz tez orada Akrom Malik bilan eksklyuziv suhbatni e'tiboringizga havola etadi.

Mavzuga oid
Top