00:33 / 27.08.2020
14787
Imomali Rahmon yana bir marta prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini ilgari surdi
Foto: Sputnik

Bugun Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan amaldagi davlat rahbari Imomali Rahmon prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surilgan.

Mustaqil Tojikistonning uchinchi prezidenti hisoblanuvchi 67 yoshli Imomali Rahmon 1994 yildan buyon prezidentlik kursisini egallab turibdi. U 1994, 1999, 2006, 2013 yilgi saylovlarda ham ishtirok etib g‘olib chiqqan. Bu saylov Imomali Rahmon uchun beshinchisi.

Tojikistonda prezident 7 yilga saylanadi.

Navbatdagi saylovlar 11 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bugungacha 4 ta siyosiy partiya hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi prezidentlik sayloviga o‘z nomzodlarini ko‘rsatgan.

Jumladan, 22 avgust kuni Tojikiston Sotsialistik partiyasi yetakchisi, mamlakat parlamenti deputati Abduhalim G‘afforov, 23 avgust kuni Tojikiston demokratik partiyasi rahbari Saidja'far Usmonzodaning prezidentlik lavozimiga nomzod sifatida ilgari surilgani xabar qilingan edi.

Top