27 avgust kuni O‘zbekistonda 393 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 40 447 taga yetdi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Xabar qilinishicha, kun davomida 638 bemor sog‘ayib, 5 kishi vafot etdi. Tuzalganlar 37 200 nafar, qurbonlar 298 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda davolanayotganlar soni 3 mingdan kamayib, 2949 nafarga tushdi.
Yangi holatlar (+393)
Vazirlik xabariga ko‘ra, yangi holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida test topshirgan va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
- Toshkent shahri – 241
- Toshkent viloyati – 93
- Samarqand viloyati – 27
- Qashqadaryo viloyati – 15
- Buxoro viloyati – 5
- Andijon viloyati – 4
- Navoiy viloyati – 3
- Surxondaryo viloyati – 3
- Farg‘ona viloyati – 2
Tuzalganlar (+638)
40 447 bemordan 37 200 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi birinchi marta 92 foizga yetdi.
- Toshkent shahri – 458 nafar
- Toshkent viloyati – 126 nafar
- Samarqand viloyati – 18 nafar
- Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari – 7 nafardan
- Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari – 5 nafardan
- Farg‘ona viloyati – 3 nafar
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati – 2 nafardan.
O‘lim holatlar (+5)
Besh kishi vafot etdi, ularning barchasi – erkaklar. Rasmiy statistikada qayd etilgan o‘limlar soni 298taga yetdi. O‘lim ko‘rsatkichi rasman 0,7 foiz bo‘lib qolmoqda.
- Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak)
- Chilonzor tumanida yashagan 83 yoshli A.A. (erkak)
- Kasbi tumanida yashagan 45 yoshli G‘.H. (erkak)
- Mirishkor tumanida yashagan 36 yoshli Q.R. (erkak)
- Qarshi shahrida yashagan 50 yoshli B.X. (erkak)
Ayni paytda davolanayotgan 2 949 bemordan 279 nafari og‘ir, 133 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.