23:37 / 27.08.2020
15042

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Putinning Qrimga tashrifi bois norozilik bildirdi

Putin payshanba kuni Qrimga keldi va "Tavrida" trassasida Aurus avtomobilida harakatlanib avtomobillar qatnovini ochib berdi.

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qrimga tashrifi sababli norozilik notasi yo‘lladi. Bu haqda Ukraina TIV matbuot xizmati xabar qildi.

"Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Ukraina bilan kelishilmagan navbatdagi tashrifi munosabati bilan keskin norozilik bildiradi", - deyiladi mamlakat TIV saytida.

Putin payshanba kuni Qrimga keldi va "Tavrida" trassasida Aurus avtomobilida harakatlanib avtomobillar qatnovini ochib berdi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Moskva Qrim bilan bog‘liq notalarni Kiyevga qaytarib yuborishini aytgan va ukrainalik hamkasblariga "Qrimning kimga tegishli ekanligi masalasi yopilgani" uchun "qog‘ozni tejash"ga chaqirgandi.

Qrim 2014 yil martda o‘tkazilgan referendumdan so‘ng Rossiya tarkibiga qo‘shilgan. Ukraina Qrimni o‘ziga tegishli, ammo vaqtincha bosib olingan hudud deb hisoblaydi.

Top