17:00 / 27.08.2020
6019
UZTELECOM mobil tarmog‘ining abonent bazasi 6 millionga yetdi!

«O‘zbektelekom» AK Uzmobile filiali markaziy ofisida faxriy 6 millioninchi abonentni tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uyali aloqa insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bo‘lib, oilaviy rishtalardan tortib to ish jarayoniga qadar har bir sohani to‘liq boshqarish imkonini beradi. Shunday qilib, aloqani tanlagan holda abonent hayot sifati, qulaylik va ishonchlilikni tanlaydi.

Shu kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi arafasida, UZTELECOM kompaniyasida muhim voqeani – 6 millioninchi uyali aloqa abonenti ulanishini guvohi bo‘ldik!

«Biz uchun 6.000.000 – bu shunchaki raqam emas! Birinchidan, bu mehnatsevarlik, innovatsion g‘oyalar va takliflar, yangilanish va modernizatsiya qilish, bajarilgan vazifalar va loyihalar natijasidir. Shubhasiz, bunday ulkan yutuqlar tarmoqni yanada rivojlantirishga, abonentlarimiz uchun zarur va tengi yo‘q bo‘lib qoladigan yangi tariflar va xizmatlarni ishlab chiqishga turtki beradi» - deya ta'kidladi «Uzmobile» filiali direktorining o‘rinbosari Javlon Islomov.

Bu yil milliy operator GSM mobil tarmog‘i ishga tushirilganining besh yilligini nishonladi. 2015 yil aprel oyida tashkil etilganidan beri UZTELECOM butun mamlakat bo‘ylab faqat yuqori sifatli va ishonchli mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga intilib, xalqning mehrini va ishonchini qozonmoqda. 6 millionlik ko‘rsatkichga erishish – buning mutlaq isbotidir.

«Statistika va raqamlar barchasini tasdiqlab kelmoqda. GSM tarmog‘i roppa-rosa 5 yil oldin ishga tushirilgan va operator uchun qisqa vaqt ichida kompaniyaning texnik imkoniyatlari mamlakatimiz aholisining 90% dan ko‘prog‘ini sifatli mobil aloqa va internet bilan ta'minlay oladigan baza stansiyalari soni 11.000 dan ortiq bo‘ldi. Va biz bu bilan cheklanib qolmaymiz» - dedi Marketing kommunikatsiyalari va brendni rivojlantirish xizmati rahbari Jahongir Adilov.

Shunday qilib, 3G/4G texnologiyalari bo‘yicha mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha 2020 yilga rejalashtirilgan keng ko‘lamli tadbirlarga ko‘ra, olti oy ichida milliy operatorning texnik jamoasi ushbu loyihani yakunlashga muvaffaq bo‘lib, natijada respublikaning barcha hududlarida 3 mingdan ortiq muomaladagi baza stansiyalari yangilandi va modernizatsiya qilindi. Bu o‘z navbatda qamrov sifatini sezilarli darajada yaxshiladi va 4G LTE texnologiyasini yanada arzonroq qilish imkoniyatini yaratdi.

O‘z ishini samarali va imtiyozli shartlarda bajarishga intilib, UZTELECOM taqdim etilayotgan xizmatlar turini doimiy ravishda takomillashtirib kelmoqda. Yil davomida kompaniya ko‘plab yangiliklarni taqdim etdi: soddaligi tufayli barchani yuragidan joy olgan hamyonbop va ommaviy «ODDIY 10» tarif rejasi; arzon narxlar evaziga 500 MB dan 75.000 MBgacha taqdim etadigan internet-to‘plamlar; kalendar oyining 1 sanasiga bog‘lanmagan holdagi obuna to‘lovlari jadvali tizimida ishlaydigan STREET, FLASH va haqiqiy cheksiz ROYAL tariflarini ichiga olgan «Sehrli kombinatsiya» tarif liniyasi; «Yordam ber», «RESTART», «Foydali almashinuv» kabi ko‘plab qulay xizmatlar; GSM va CDMA abonentlari uchun birinchi uzoq muddatli tarif rejalari.

Har bir millioninchi abonentlarni qutlash kompaniya uchun yaxshi bir an'anaga aylandi. Har bir omadi kelgan abonent esdalik sovg‘alari, ijobiy his-tuyg‘ular bilan mukofotlanadi, kompaniya xodimlariga esa kelgusi rivojlanishga va yangi g‘alabalar sari intilishga turtki beradi.

Surxondaryo viloyati, Denov tumanida istiqomat qiluvchi Oybek Xolniyozov UZTELECOM mobil operatorining 6 millioninchi abonentiga aylandi. Kompaniya rahbariyati faxriy abonentga Toshkent savdo ofisida qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi va unga ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.

Abonentning o‘zi ko‘tarinki kayfiyatda va kelgan omadidan chin dildan xursand bo‘lib o‘z fikrlarini bildirdi:

«Bir necha kun oldin qo‘shnilarning tumanimizdagi UZTELECOM aloqa sifati va mobil Internet tezligi to‘g‘risida ko‘plab maslahatlaridan so‘ng men ushbu uyali aloqa operatorining abonenti bo‘lishga qaror qildim. Qarorimdan aslo afsuslanmadim, ulanish va xizmat ko‘rsatish sifatidan mamnun bo‘ldim va hatto faxriy olti millioninchi abonentga aylandim! Bunday mehr, e'tibor va qimmatbaho sovg‘alar uchun Kompaniya xodimlaridan minnatdorman! Sizlarga ravnaq va rivoj tilab qolaman!» - deb Oybek Xolniyozov o‘z quvonchi bilan bo‘lishdi.

UZTELECOM milliy operatori jamoasi har bir abonentga oila a'zolari va do‘stlari bilan bo‘lgan mobil aloqani ishonganliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildirib qoladi!

Reklama huquqi asosida

Top