11:05 / 28.08.2020
25618
Abituriyent ruxsatnomasini olish qulaylashdi

Imtihonga kirish ruxsatnomasini olish uchun telefon raqam va parol talab etilmaydi.

Abituriyentlar tomonidan telefon raqami bilan bog‘liq omillar tufayli shaxsiy kabinetga kirib, imtihonga kirish ruxsatnomasini olishda muammolar bo‘layotgani xususida murojaatlar tushmoqda. Mazkur murojaatlarni inobatga olgan holda, abitur.dtm.uz portali orqali abituriyent ruxsatnomasini olish osonlashtirildi.

Ruxsatnomani shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish imkoniyati yaratildi, endi ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol talab etilmaydi.

Bunda abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish uchun https://abitur.dtm.uz/allow sahifasiga o‘tib, quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:

1️) pasport seriyasi;

2️) pasport raqami;

3️) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR).

Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top