17:12 / 28.08.2020
38038
Lukashenko sanksiyalar kiritgan mamlakatlarga "hali ko‘rsatib qo‘yishini" aytdi

Aleksandr Lukashenko Belarusga nisbatan sanksiyalar kiritgan Litva va Polshaga javob qaytarishga va'da berdi.

Foto: Izvestiya

"Endi ularga sanksiyalar nima ekanligini ko‘rsatib qo‘yamiz. Ular Xitoy va Rossiyani biz orqali qo‘riqlashgan bo‘lsa, endi Rossiya bilan savdo qilish uchun Boltiq yoki Qora dengiz orqali uchishadi. Ularga sanksiyalar nima ekanligini ko‘rsatib qo‘yamiz", - dedi u.

"Ularning qorni to‘yib qoldi va Belarus kimligini unutib qo‘yishdi. Bizni egish, tanklar, raketalar bilan qo‘rqitish mumkin deb o‘ylashdi. Ko‘ramiz, kim kimni qo‘rqitarkin. Ularga sanksiyalar nima ekanligini ko‘rsatib qo‘yamiz", - deb davom ettirdi Lukashenko.

"Hukumatga barcha savdo oqimlarini Litva portlaridan boshqa portlarga ko‘chirish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘ini berdim. Ko‘ramiz, ular qanday yasharkin, Litva budjetining 30 foizini bizning yuk oqimlarimiz tashkil etadi. Yana nima kerak? Qorinlari to‘yib qoldi. Shuning uchun ularni joyiga tushirib qo‘yamiz", - dedi Belarus prezidenti.

Yevroittifoq mamlakatlari, jumladan Boltiq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari payshanba kuni Lukashenko rejimiga nisbatan keskinroq sanksiyalar joriy etishga chaqirgandi.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top