11:59 / 28.08.2020
8918
Mo‘jiza sari 10 bosqich: birinchi bosqich - so‘zlarning mo‘jizaviy xislati
Foto: The Magic

Har bir inson mo‘jizaviy dunyoga kirish imkoniyatiga ega va“The Magic” jamoasi birinchi uslubni taqdim etadi.

Mo‘jizaga ishonishni boshlaganimizdan so‘ng, hayotimiz mazmunga to‘ladi. Bir lahzaga tasavvur qiling, agar insonlar mo‘jizalarga ishonishni to‘xtatsalar, nima bo‘lar edi? Agar bolalik davrida Uolt Disney o‘z orzuyiga ishonmaganida, hozirda mashhur Uolt Disney kompaniyasi bo‘lmas edi, millionlab bolalar va ularning ota-onalari uchun Disneylend va mo‘jizalar bo‘lmas edi.

Shunday qilib, The Magic jamoasi bolalikdan hammaga tanish bo‘lgan eng mehribon ertaklardan ilhomlanib, "Tanga bilan dunyo bo‘ylab" deb nomlangan ajoyib hikoyasini yaratdi.

Kitobda dunyo bo‘ylab g‘aroyib tanga bilan sayohat qilgan va yo‘lidagi turli to‘siqlarni yengib o‘tgan bola va uning xayoliy do‘sti haqida hikoya qilinadi.

Vatanimizning o‘ziga xosligini ochib beradigan motivlar bilan to‘ldirilgan syujyet O‘zbekiston madaniyatiga moslashtirilgan. Kitobdagi illyustratsiyalar o‘quvchini mo‘jizaviy muhitga singdiradi va personajlar harakati ularni mehribon, jasur bo‘lishga va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslikka o‘rgatadi. Ushbu hikoyani kichkintoylar bilan o‘qiyotganingizda, siz mo‘jizaviy olamga sho‘ng‘iysiz va uning bosh qahramonlariga aylanasiz. Bu esa so‘zlar mo‘jizaviy xislatlarga ega ekanligini anglatadi.

2019 yil dekabr oyi oxirida cheklangan miqdorda kitoblar chop ettirilgan va Toshkent shahridagi ko‘plab maktablarning o‘quvchilari ushbu asar bilan tanishib chiqdilar, shuningdek hikoya asosida teatrlashtirilgan spektaklni tomosha qildilar. Yaqin oradi asarning ikkinchi nashri rejalashtirilmoqda va illyustratsiyalarga boy bo‘lgan kitob mamlakatimizning barcha kitob do‘konlarida mavjud bo‘ladi. Hozirgi vaqtda esa mediapark.uz internet-do‘konida kitoblarning cheklangan nashri mavjud.

Bu hammasi emas: ushbu hikoya mo‘jizali dunyo yaratilishiga asos berdi, u yerda siz g‘aroyib tanga bilan haqiqatdan ham sayohat qilishingiz, turli mamlakatlar madaniyati bilan tanishishingiz, yangi do‘stlarni uchratishingiz, mo‘jizali hissiyotlarni his qilishingiz mumkin.

Bularning barchasi Magic City’da — butun oila uchun eng katta ko‘ngilochar maydonda mavjud.

Reklama huquqi asosida

Top