08:45 / 28.08.2020
9334
Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. 

Sobir Uralov O‘zbekiston Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Sobir Uralov 1973 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy, 1995 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti hamda 2006 yilda O‘zbekiston Bank va moliya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yili Jizzax viloyati “Samarqand” shirkatlar uyushmasining 7-bo‘limi hisobchisi sifatida boshlagan. 1996-1997 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Samarqand bo‘limining umumiy bo‘limi xodimi bo‘lgan. 1997-2011 yillarda Moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarda faoliyat olib borgan. 2011-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini moliyalashtirish bo‘limining bosh iqtisodchisi, 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i.

2020-2020 yillarda Ijtimoiy soha, fan va ijtimoiy himoya tarmoqlarida budjet siyosati Departamenti Ta'lim va fan tarmoqlarida budjet siyosati boshqarmasi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tarmog‘ida budjet siyosati sho‘'basi mudiri sifatida ishlagan.

Tayinlovga qadar Ta'lim, fan va madaniyat tarmoqlarida budjet siyosati departamenti Ta'lim va fan sohalarini moliyaviy ta'minlash boshqarmasi Oliy va o‘rta-maxsus ta'limi hamda fan sohalari moliyasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

Top