13:01 / 28.08.2020
10836

Namanganda fuqaroni 200 000 dollarga chuv tushirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2019 yilning 22 mart kuni Namangan shahrida 25 yoshli I.M., o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 36 yoshli N.A.ning ishonchiga kirib, unga tegishli jami 10 000 dona transport vositasi ustiga osma g‘iloflarga xaridor topganligini, ularni sotib pulini 10-15 kunda berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, I.M. har bir osma g‘iloflarni 20 AQSh dollaridan kelishib, jami 200 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan osma chexollarni olib ketib, ularni sotib yuborib, va'dasini ustidan chiqmasdan pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top