00:14 / 28.08.2020
4341
Tesla kapitallashuvi 2 oy ichida 2 barobarga o‘sdi

AQShning Tesla Inc. avtomobilsozlik kompaniyasi qiymati 400 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Barron's nashri xabar berdi. Vaholanki, 2 oy avval uning qiymati 200 mlrd dollarni, yanvarda esa 100 mlrd dollarni tashkil qilgan.  

Foto: Naked Science

26 avgustdagi savdolar vaqtida kompaniya aksiyalari narxi 6,4 foizga ko‘tarilib, 2153 dollarga yetdi.

Ayni vaqtda kompaniya Standard & Poor's 500 fond indeksida kapitallashuv bo‘yicha bor-yo‘g‘i 7 ta kompaniya, jumladan Visa (qiymati 447 mlrd dollar) va Apple’dan (qiymati 2,16 trln dollar) ortda qolmoqda. 

Nashrning ta'kidlashicha, Tesla’ning hozirgi qiymati Isroil, Irlandiya va Hongkongning yalpi ichki mahsulotidan ko‘proqni tashkil qiladi. Kompaniya, shuningdek, protsessorlar ishlab chiqarish sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan IBM kompaniyasidan 4 marta qimmatroq turadi.  

Iyulda Tesla’ning kapitallashuvi qatorasiga 5 kun davomida kuniga o‘rtacha 14 mlrd dollarga oshib, bozor qiymati o‘sishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgandi.    

Top