00:29 / 28.08.2020
6763

TikTok rahbari iste'foga chiqdi

TikTok ijtimoiy tarmog‘i bosh ijrochi direktori Kevin Mayyer iste'foga chiqdi. Mayyor ushbu lavozimni egallagandan 3 oy o‘tib kompaniyani tark etishga qaror qildi. 

Foto: Getty Images

Uning o‘rniga ijtimoiy tarmoqning AQSh bo‘yicha bosh menejyeri Vanessa Pappas vaqtincha tayinlandi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu iste'fo TikTok’ga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi uchun murakkab vaqtda yuz berdi. Hozirda Xitoy kompaniyasi AQSh va Hindiston hukumatlarini TikTok’ning xavfsiz ekaniga ishontirishga urinmoqda.

“Oxirgi haftalarda kompaniya atrofidagi siyosiy vaziyat keskin o‘zgardi. Men qanday tarkibiy o‘zgarishlar zarurligi va ular kompaniyadagi rolim uchun nimani anglatishi haqida o‘ylab ko‘rdim. Buning ortida men kompaniyani tark etishga qaror qildim”, deyilgan Mayyerning xodimlarga maktubida.

ByteDance asoschisi va bosh direktori Chjan Imingning ta'kidlashicha, kompaniya butun dunyoda, ayniqsa AQSh va Hindistonda duch kelgan muammolarni iloji boricha tezroq hal qilishga harakat qilmoqda.

Avgust boshida AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok’ning AQSh kompaniyasiga sotilishini talab qilgan. Keyinroq Tramp ByteDance va Tencent kompaniyalari bilan bitimlarni to‘xtatish uchun 45 kun muxlat beriluvchi farmonni imzolagan. ByteDance AQSh prezidentining bu xatti-harakatlariga qarshi Oq uy ma'muriyatini sudga berdi.

 

Mavzuga oid
Top