15:21 / 28.08.2020
13240
Toshkentda charchagan haydovchi uxlab qolib beton simyog‘ochga urildi va voqea joyida vafot etdi

YTH yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 27 avgust kuni soat 02:30larda Toshkent shahar Mirobod tumani, KHAY ko‘chasida joylashgan “Temir yo‘l” muzeyi qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.A. “Matiz” rusumli transport vositasida tezlikni me'yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, charchoq sabab boshqaruv vaqtida uxlab qolib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, beton simyog‘ochga urilgan.

Natijada, “Matiz” avtomobili haydovchisi, 25 yoshli A.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 32 yoshli M.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Top