22:46 / 29.08.2020
6523
«Arsenal» penaltilar seriyasida «Liverpul»ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Angliya Superkubogida Premer-liga chempioni «Liverpul» va mamlakat kubogi sohibi «Arsenal» bahs yuritishdi. 

O‘yinning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi. Per-Emerik Obameyangning goliga mersisaydliklardan Takumi Minamino javob berdi. Penaltilar seriyasida esa omad  «to‘pchilar» tomonida bo‘ldi. 

E'tiborlisi, Yurgen Klopp shogirdlari o‘tgan mavsumdagi Superkubok bahsida «Manchester Siti»ga ham penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishgandi.

Angliya Superkubogi
Arsenal – Liverpul 1:1
Penaltilar seriyasi: 5:4
29 avgust, «Uembli»

Gollar: Obameyang (12) – Minamino (72).

Arsenal – Martines, Belerin (Soaresh, 58), Holding, David Luis, Tirni (Kolashinats, 87), Meytlend-Nayls, El-Nenni, Jaka, Saka (Uillok, 82), Nketiya (Nelson, 82), Obameyang.

Liverpul – Alisson, Uilyams (Minamino, 59), Van Deyk, Gomes, Roberson, Fabino, Veynaldum (Bryuster, 90+2), Milner (Keyta, 59), Saloh, Mane, Firmino (Jons, 83).

Penaltilar seriyasi – Saloh (0:1), Nelson (1:1), Fabino (2:1), Meytlend-Nayls (2:2), Bryuster (2:2, to‘sin), Soaresh (3:2), Minamino (3:3), Luis (4:3), Jons (4:4), Obameyang (5:4).

Ogohlantirish: Milner (57)

Top